23:40 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Pogranichniki na granitse

Tojikiston chegarasida yuz bergan janjal tufayli 315 qirgʻiz evakuatsiya qilindi

© Sputnik / Amir Isayev
Dunyoda
Havola olish
603 0 0

Evakuatsiya qilingan fuqarolar vaqtincha Batkenda joylashtirilgan, ularning aksariyati vaqtinchalik lagerlarda yashamoqda

TOSHKENT, 23 iyul — Sputnik. Qirgʻiziston-Tojikiston chegarasidagi mojaro tufayli chegaraoldi zonasida joylashgan Oq-Soy va Kapchigay qishloqlari yashovchilari evakuatsiya qilindi, deb xabar berdi Oq-Soy rahbari Saatbek Anarov.

Qizil yarim oy milliy jamiyati axborotiga koʻra, Batkenga 315 kishi olib kelingan: 55 nafari qarindoshlarinikiga ketgan, 260 nafari maktab va litseylarda tashkil etilgan vaqtinchalik lagerlarda joylashtirilgan. Evakuatsiya qilinganlarning aksariyati - bolalar va ayollar.

"Qizil yarim oy FVV taklifiga binoan vaqtinchalik koʻchirilgan fuqarolar uchun beshta palatka, shuningdek, suv, oziq-ovqat mahsulotlari va gospitalizatsiya qilinganlar uchun kiyim-kechaklar taqdim etdi", - deb xabar qildi Anarov.

Hodisa yuz bergan joyga Qirgʻiziston bosh vaziri oʻrinbosari Jenish Razakov va Chegara oldi davlat xizmati rahbari Ularbek Sharsheyev yetib borgan.

Dushanba kuni kechqurun qirgʻiz-tojik chegarasida kechqurun qurol ishlatilgan mojaro yuz berdi. Qirgʻiziston davlat chegara xizmati maʼlumotiga koʻra Tojikiston Voruz qishlogʻi aholisi aholi punktiga kirish joyiga bayroq oʻrnatmoqchi boʻlishgan, Oq-Soy (Qirgʻiziston) qishlogʻi ahli esa bunga qarshi chiqishgan. Ogʻzaki tortishuv davomida tomonlardan biri qurol ishlatgan. Davlat chegara xizmati maʼlumotiga koʻra, qurol fuqarolardan biri tomonidan ishlatilgan boʻlishi mumkin, chunki oʻq ov miltigʻidan uzilgan. Dastavval besh nafar jabrlanganlar haqida xabar berilgan edi, soʻngra ular soni 14 nafargacha yetdi.

Sal vaqt oʻtgach idora qirgʻiz-tojik chegarasidagi ahvol murakkab ekanligini, ammo holat nazoratga olingani toʻgʻrisida axborot bergan.

DCHX maʼlumotiga koʻra, seshanba kuni ertalabga kelib holat stabillashgan.

Asosiy mavzular