16:19 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
1179 0 0

May oyida Tojikiston prezidenti yigʻilishda bojxonachini soʻroq qilib, davlat rahbarining koʻziga qarab yolgʻon gapirayotganini fosh qilgan edi. Keyin barchaning oldida sharmanda qilib, ishdan boʻshatgan edi.

TOSHKENT, 31 iyul — Sputnik. May oyida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon soʻroqqa tutib, yolgʻon gapirayotganini fosh qilgan Dushanbe bojxona xizmati birinchi terminalining sobiq rahbari Shahboz Rajabzodaga nisbatan hech kim jinoiy ish qoʻzgʻatmagan.

“Shahboz Rajabzoda ustidan hech qanday shikoyat kelib tushmadi”, - deya iqtibos keltiradi Sputnik Tojikikiston  mamlakatning Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Culaymon Sultonzoda soʻzlaridan.

Eslatib oʻtamiz, bahor oyida Emomali Rahmon moliya, bank, bojxona va soliq xodimlari bilan boʻlgan yigʻilishda Rajabzodani soʻroq qilib, yolgʻon gapirayotganini fosh qilgan edi.

Uning gunohi boshidagi sochidan ham koʻpligini aytib, ishdan boʻshash haqida ariza yozishini buyurgan edi. Shu bilan birga, davlat rahbari uning hali yosh ekanini hisobga olgani, aks holda kamida 15 yilga qamalishi mumkinligi qayd etgan edi.

Asosiy mavzular