Tramp Putinga Sibirdagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam taklif qildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin vo vremya telefonnogo razgovora
Prezident RF Vladimir Putin vo vremya telefonnogo razgovora - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Sibir o‘lkasida kuchli o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lmoqda. Ushbu munosabat bilan 5 ta hududda favqulodda holat joriy qilingan. Hozirda o‘rmon yong‘inlarining umumiy maydoni 2,8 million gektardan ziyodni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 1 avg — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Sibirdagi o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda yordam taklif qildi. Ikki davlat rahbari o‘rtasidan telefon orqali muloqoti chorshanba kuni Amerika tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tdi.

Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Vladimir Putin Trampga ko‘mak haqidagi taklif va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorlik bildirgan hamda Rossiya tomoni zarur bo‘lganda bu yordamdan foydalanishini bildirgan.

Putin Trampga Sibirdagi yong‘inlarga qarshi kurashish uchun kuchli havo guruhi tuzilganini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, Vladimir Putin Amerika prezidentining taklifini kelgusida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning to‘liq izga tushishining kafolati sifatida qabul qilgan.

Xabarda ikki davlat rahbarlari o‘zaro aloqalarni telefon orqali muloqotlar va shaxsiy uchrashuvlar tarzida davom ettirish haqida kelishib olganlari ta’kidlangan.

© Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishShtab Minoboroni po tusheniyu pojarov v Krasnoyarskom krae
Tramp Putinga Sibirdagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam taklif qildi - Sputnik O‘zbekiston
Shtab Minoboroni po tusheniyu pojarov v Krasnoyarskom krae

Rossiyaning Sibir o‘lkasida kuchli o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lmoqda. Ushbu munosabat bilan Rossiyaning 5 ta hududida favqulodda holat joriy qilingan. Hozirda o‘rmon yong‘inlarining umumiy maydoni 2,8 million gektardan ziyodni tashkil qiladi. 

Yangiliklar lentasi
0