15:40 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (26)
383 0 0

Bugun Moskva viloyatidagi “Alabino” tank poligonida Oʻzbekiston tankchilari oʻziga biriktirilgan tanklarni sinovdan oʻtkazdi.

TOSHKENT, 1 avg – Sputnik. “Tank biatloni”da ishtirok etayotgan Oʻzbekiston jamoasi oʻziga birinktirilgan T-72 B-3 tanklarni sinovdan oʻtkazdi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.

© Ministerstvo oboronы Uzbekistana.
Oʻzbekiston tankchilari oʻziga biriktirilgan tanklarni sinovdan oʻtkazdi

Moskva viloyatida joylashgan “Alabino” dala-oʻquv maydoni bugun tanklarning nishon tomon otilgan snaryad oʻqlari ovoziga toʻldi. Hamyurtlarimiz oʻzlariga biriktirilgan jangovar texnikalarning “tili”ni topish, ularni meʼyoriy holatga keltirish va nishonlarni yoʻq qilish borasida oʻzlarining mahoratlarini koʻrsatishdi, - deyilgan xabarda.

© Ministerstvo oboronы Uzbekistana.
Oʻzbekiston tankchilari oʻziga biriktirilgan tanklarni sinovdan oʻtkazdi

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston jamoasi “Tank biatloni”ning ikkinchi guruhidan joy olgan boʻlib, jami 12 jamoaga qarshi kurashadi. Oʻzbekistonlik tankchilar ishtirokidagi bahslar 4-, 6-, va 8-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimi 3 avgust kuniga belgilangan.

© Ministerstvo oboronы Uzbekistana.
Oʻzbekiston tankchilari oʻziga biriktirilgan tanklarni sinovdan oʻtkazdi
Mavzu:
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (26)

Asosiy mavzular