04:51 01 Dekabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
217 0 0

Tojikistonda tojik adabiy tili meʼyor va qoidalarini buzgan amaldorlarga nisbatan chora koʻriladi.

TOSHKENT, 1 avg — Sputnik. Tojikistonda tojik adabiy tili meʼyor va qoidalariga rioya qilmagan amaldorlarga nisbatan chora koʻriladi. Bu haqda mamlakat hukumati huzuridagi Til va terminologiya qoʻmitasi raisi Gavhar Sharofzoda hisobot matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Sputnik Tojikistonning yozishicha, Sharofzoda sheva va koʻcha tilida gapirishlari yoki tojik tili madaniyatiga rioya qilmaganliklari sabablari internet “yulduziga” aylanib, noqulay vaziyatlarga tushib qolgan amaldorlar, jumladan, Dushanbe hokimi oʻrinbosari Mahmadsaid Zuvaydzoda holatiga izoh bergan.

“Oʻylaymanki, buni tuzatsa boʻladi”, - dedi Qoʻmita rahbari.

Shuningdek, u anjumanda nomlari tilga olingan oʻz fikrini davlat tilida erkin bayon qila olmaydigan amaldorlar nomiga maktub yoʻllanishini maʼlum qilgan. Biroq bunday amaldorlarga nisbatan qanday chora koʻrilishiga oydinlik kiritmagan.

Uning fikriga koʻra, toki jurnalistlarning oʻzi adabiy til meʼyorlariga rioya qilmas ekan, tojik xalqi adabiy tilda gapirishni oʻrganmaydi.

Asosiy mavzular