00:08 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
69710

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu holatga mos hazillarni oʻylab topa boshlashdi.

TOSHKENT, 2 avg – Sputnik. AQSH prezidenti Donald Trampning Virjiniya shtatida chiqishi vaqtida prezident yuzi va sochlarida oʻrmalayotgan qoʻngʻiz kadrlarga tushib qoldi. Video Sky News tomonidan eʼlon qilingan.

Bu kulgili voqea rolikni tomosha qilgan internet foydalanuvchilarini xushnud etdi. Ayrim foydalanuvchilar Tramp shu qoʻngʻiz yordamida "proslushka" qilingani haqida taxmin bildirdilar. Yana kimdir prezident nega yuzida oʻrmalayotgan qoʻngʻizni his etmaganiga lol qoldi. "U hislardan mosuvo boʻlgan shekilli", degan toʻxtamga keldi internet foydalanuvchilari.

Ijtimoiy tarmoqdagilarning ayrimlari holatga mos hazillarni oʻylab topa boshlashdi.

"Qoʻngʻiz: Va nihoyat! Men uddaladim! Men Moskvadan uyga qaytdim, azizim!", - deb yozgan D.K.R. Boyd.

"Qoʻngʻiz Trampga u aytishi lozim boʻlgan gaplarni pichirlab turibdi", - degan itsjustmehere nikli foydalanuvchi.

​Helena esa "Qoʻngʻiz Trampning ichida yashaydi aslida, u shunchaki havo olish uchun tashqariga chiqqan", deya hazil qilgan.

Asosiy mavzular