16:24 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
289 0 0

Yangi qonunchilikka koʻra, endilikda 21 yoshga toʻlgan ayollar erkak vasiyning roziligisiz mustaqil ravishda pasport olib, xorijga chiqishi mumkin.

TOSHKENT, 2 avg – Sputnik. Saudiya Arabistoni hukumati mamlakat ayollari tomonidan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan ishlar roʻyxatini kengaytirdi.

Yangi qabul qilingan qonunchilikka koʻra, endilikda 21 yoshga toʻlgan ayollar erkak vasiyning roziligisiz mustaqil ravishda pasport olib, xorijga chiqishi mumkin. Bundan oldin ayollar xorijga chiqish uchun turmush oʻrtogʻi, otasi yoki akasi tomonidan ruxsat berilishi kerak boʻlgan.

Bundan tashqari qizlar voyaga yetmaganlar uchun vasiy boʻlish, shuningdek, yangi tugʻilgan farzandini davlat organlari orqali roʻyxatdan oʻtkazish imkoniga ham ega boʻldi.

Ijtimoiy sohada yengilliklar qirol Salman bin Abdel Aziz Al-Saud 2015 yilda hukumat tepasiga kelishi va 2017 yilda uning 31 yoshli oʻgʻli Muhammal bin Salman taxt vorisi etib tayinlashi bilan bilan boshlandi.  

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil fevral Saudiya Arabistonida ayollarga mustaqil ravishda avtomashina haydash huquqi berilgandi.

Asosiy mavzular