Doxada AQSh va Tolibon o‘rtasida sakkizinchi raund muzokaralari bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Doxa
Goroda mira. Doxa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sakkizinchi raund muzokaralari yakuniga ko‘ra mamlakatdan xorij qo‘shinlarini olib chiqishga yordam beruvchi bitimlar imzolanishi mumkin

TOShKENT, 3 avg - Sputnik. AQSh va "Tolibon" harakati o‘rtasidagi muzokaralarning sakkizinchi raundi Doxada 3-avgust kuni bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi hukumatga tayangan holda.

Politolog-amerikanist Rafael Orduxanyan - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Afg‘onistonda urushni to‘xtata olmaydi - Orduxanyan

AQSh Afg‘onistonda vaziyatni tartibga solish va amerika qo‘shinlarini chiqarish uchun toliblar bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu muzokaralar ko‘plab marotaba Afg‘oniston hukumati e’tiroziga sabab bo‘lgan. AQSh rasmiy pozitsiyasi esa - mamlakat hukumati ushbu jarayonda ishtirok etishi lozim, degan ta’kiddan iborat.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, muzokaralarning navbatdagi raundi Afg‘onistonda urushni yakunlash uchun "eng muhim" hisoblanadi. Bu haqda ma’lumotga ega manbalarga ko‘ra, sakkizinchi raund muzokaralari yakuniga ko‘ra mamlakatdan xorij qo‘shinlarini olib chiqishga yordam beruvchi bitimlar imzolanishi mumkin.

Ilgariroq, "Tolibon"ning Doxadagi siyosiy ofisi vakili Suxayl Shaxin RIA Novostiga AQSh va "Tolibon" afg‘on radikal harakati delegatsiyasi vakillari yettinchi raund muzokaralar davomida Qatarda muhokama qilingan deyarli barcha masalalar bo‘yicha kelishuvga kelgan va kelgusi raundda muhokama etilishi kerak bo‘lgan bitta yoki ikkita punkt qolgan. Toliblar vakili ta’kidlaganidek, AQSh bilan muzokaralar davomiyligi aniq bo‘lmagan tanaffusdan so‘ng qayta tiklangan.

Tolibon AQSh bilan qator masalalarda kelishuvga erishganini ma’lum qildi >>>

Qatardagi afg‘onlararo anjuman 7-8 iyul kunlari Doxada o‘tkazilgan edi. Ikki kunlik anjumanda 60 nafar afg‘on vakillari, shu jumladan "Tolibon" radikal harakati a’zolari ishtirok etdilar. Uzoq davom etgan tortishuvdan so‘ng, 9-iyulga o‘tar kechasi, delegatlar yakuniy bayonotni qabul qildilar. Unda afg‘on aholisi o‘rtasidagi yo‘qotishlarni nolga tushirish va ta’lim hamda tibbiy muassasalar qo‘rig‘ini ta’minlashga kelishilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0