16:40 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
1208 0 0

Xalima yoshligida yetti yil Afrikadagi qochoqlar lagerida yashagan

TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. 21 yashar Xalima Aden dunyodagi birinchi hijobli top-modelga aylandi, deb yozadi Sports Illustrated. 

Xalima hech qachon jamoatchilik joylarida hijobni yechmaydi. Hatto eng mashhur kupalniklar jurnali boʻlmish Sports Illustrated Swimsuit muqovasi uchun model musulmon ayollariga xos boʻlgan libos - burkinida suratga tushdi.

Xalima jurnal tarixida fotosessiya uchun yechinmagan birinchi ayol boʻldi. Shu bois, Xalima uchun bir nechta burkinilar maxsus tikildi.

View this post on Instagram

Sports Illustrated Rookie 🦋❤️ Burkini season is almost hereeee!!

A post shared by Halima (@halima) on

Sohibjamolning vatani Keniya. U yoshligida yetti yil davomida Somalidagi qochqinlar lagerida yashagan, soʻngra uning oilasi AQShga emigratsiya qilish imkonini topgan.

Hozirda model oʻzi bilan roʻy bergan voqeani haqiqiy moʻʼjiza hisoblaydi. U haqiqiy amerikancha orzuni amalga oshira oldi: qashshoqlikdan chiqdi, oʻz kuchi bilan muvaffaqiyatga erishdi va faol hayotiy pozitsiyasini namoyon etdi.

Musulmon-modelning fikricha, uning jurnal muqovasida paydo boʻlishi shariat qoidalariga amal qiluvchi koʻplab ayollarga signal boʻlib xizmat qilishi mumkin.

View this post on Instagram

Smile .. its Sunnah 😍✨ simple is the new chic this Ramadan. Check out the link in my bio to shop #halimaxmodanisa 💕

A post shared by Halima (@halima) on

"Yopiq libos kiygan va hijobli model ochiq bikinidagi goʻzal ayol yonida turishi mumkin. Ular bir-birlarini munosib baholashlari, qoʻllab-quvvatlashlari va yoqlashlari mumkin", - deydi Aden.

Xalima mashhurlikka ikki yil oldin erishgan. Oʻshanda 19 yashar qiz "Miss Minnesota" goʻzallik tanlovida ishtirok etgan edi. U oʻshanda na tanlov, na goʻzallik va na podium uchun oʻz-oʻziga xiyonat qilmasligini aytgan. Sohibjamol hijobni yechishni rad etgan holda tanlovning yarim finaligacha yetib borgan. Shundan soʻng u aksariyat modellik agentliklari nazariga tushgan.

View this post on Instagram

Can’t wait to go back ✨

A post shared by Halima (@halima) on

Kanye Uest Adenni Nyu-Yorkda boʻlib oʻtgan Modalar haftaligida oʻz kollektsiyasi namoyishiga taklif etgan.

Asosiy mavzular