Hindistonda 7 yoshli bolaning 526 ta ortiqcha tishi olib tashlandi – video

CC0 / pixabay / V stomatologicheskom kabinete
V stomatologicheskom kabinete - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindistonda shifokorlar yetti yoshli bolakayning 526 ta ortiqcha tishini sug‘urib tashlashdi.

TOShKENT, 4 avg - Sputnik. Hindistonda shifokorlar yetti yashar bolakayning  526 ta ortiqcha tishini sug‘urib tashlashdi. Bu haqda RIA Novosti Times of India nashriga tayanib xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, bolakay pastki jag‘idagi kuchli og‘riqdan shikoyat qilgan. Kompyuter tomografiyasi va rentgen tekshiruvlari bolaning og‘zida mayda rudimentar tishlar bo‘lgan shish borligini ko‘rsatgan.

Shifokorlar uni zudlik bilan operatsiya qilish kerakligini aytishgan va bir necha soat davomida ortiqcha tishlarni sug‘urib tashlashgan.

Ushbu g‘ayritabiiy holatning sababi hozircha aniqlanmagan. Shifokorlar bu irsiy kasallik deb taxmin qilishmoqda, biroq mahalliy joydagi nurlanishlar ta’sirida bunday holat yuzaga kelgani xam istisno qilinmayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonda oyoqlari chatishib ketgan - “suv parisi” ko‘rinishidagi chaqaloq dunyoga kelgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0