21:25 10 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
304 0 0

AQShning Ogayo shtatidagi Deyton shahrida otishma roʻy berdi. Bu AQShda bir sutka ichida yuz bergan ikkinchi otishmadir.

TOSHKENT, 4 avg - Sputnik. AQShning Ogayo shtatidagi Deyton shahrida otishma roʻy berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, otishma oqibatida 9 kishi qurbon boʻlgan. 16 kishi jarohatlangani aytilmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, oʻt ochgan shaxsning oʻzi ham halok boʻlgan. Guvohlarning soʻzlariga qaraganda, hodisa Oregon tumanidagi mayxonalardan birida sodir boʻlgan.

​Hozirda voqea joyida AQSH Federal tergov byurosi xodimlari surishtiruv ishlarini olib borishmoqda.

Qayd etish joizki, bu AQShda bir sutka ichida yuz bergan ikkinchi otishmadir. Biroz ilgari El-Paso shahridagi (Texas shtati) Walmart savdo markazida sodir etilgan otishma oqibatida 20 kishi halok boʻlgani, 26 kishi esa jarohatlangani xabar qilingan edi. Hozirda oʻt ochgan shaxs qoʻlga olingan. U 21 yoshli Patrik Kruzios ekanligi aytilmoqda. U hujum qilishdan oldin Twitter᾽da Yangi Zelandiyadagi masjidda sodir etilgan teraktni qoʻllab-quvvatlashini aytgan va migrantlar tufayli AQSH madaniyati va iqtisodiyoti oqsayotganini maʼlum qilgan.

Asosiy mavzular