21:52 06 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
787 0 0

Rossiya FVV Sibirdagi oʻrmon yongʻinlarining asosiy sababini ochiqladi.

TOSHKENT, 05 avg – Sputnik. Sibirdagi oʻrmon yongʻinlariga olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish sabab boʻlgan. Bu haqda RIA Novosti Rossiya FVV rahbari oʻrinbosari Igor Kobzev soʻzlariga asoslanib xabar qilmoqda

© Sputnik / Pavel Lvov

Qayd etilishicha, yongʻinlarning aksariyati yoʻl yaqinida sodir boʻlgan.

FVV maʼlumotlariga koʻra, mintaqada kuzatilgan quruq chaqmoqlar yongʻin chiqishining asosiy sababi boʻlmagan.

Rossiyaning Sibir oʻlkasida kuchli oʻrmon yongʻinlari sodir boʻlmoqda. Ushbu munosabat bilan Rossiyaning qator hududlarida favqulodda holat joriy qilingan. Hozirda oʻrmon yongʻinlarining umumiy maydoni 2,8 million gektardan ziyodni tashkil qiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga qoʻngʻiroq qilib, Sibirdagi oʻrmon yongʻinlariga qarshi kurashda yordam taklif qilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular