03:16 11 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
1848 0 0

Kunduzgi uyquchanlikka qarshi kurashishda faol koʻmaklashishi mumkin boʻlgan mahsulotlar maʼlum qilindi.

TOSHKENT, 6 avg – Sputnik. Rossiyalik mutaxassis Margarita Korolyova “Vechernyaya Moskva” gazetasiga bergan intervyusida kunduzgi uyquchanlikdan xalos boʻlishga koʻmaklashuvchi mahsulotlarni maʼlum qildi.

Mutaxassis soʻzlariga koʻra, odatda kunduzi soat 15-16lar atrofida odamlarda horgʻinlik holati kuzatiladi. Bu vaqtda tetiklanishga oqsilga boy sabzavot va yormalar hamda yongʻoq yoki bodom yordam beradi.

Shu bilan birga, mahsulotlarni meʼyorida isteʼmol qilish tavsiya qilinadi. 200-300 gramm isteʼmol qilish ayni muddao hisoblanadi. Shuningdek, qayta kuchga toʻlish uchun bir stakan choy yoki qahva ichish foydadan xoli emas. Mutaxassis sharbat va suvni ovqatdan soʻng 40 daqiqa oʻtgach ichishni tavsiya qilgan.

Korolyovaning fikriga koʻra, tushgacha tetik boʻlish uchun qarsilloq mevalar isteʼmol qilish koni foyda.

Qolaversa, kunning ikkinchi yarmida yengil badantarbiya bilan shugʻullanish insonni tetik boʻlishiga va uyqu elitmasliga yordam beradi

Eslatib oʻtamiz, avvalroq toʻyib uxlashning oddiy usuli aniqlangani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular