15:18 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96

Qirgʻizistonda Xitoy kompaniyasiga qarshi miting oʻtkazildi – video

foto ochevidtsa, otpravlennoye po WhatsApp-kanalu
Dunyoda
Havola olish
66210

Oltin qazib oluvchi Xitoyning Zhong Ji Mining kompaniya binosi oldida mahalliy aholi toʻplanib, ishchilarga tosh otishni boshladi.

TOSHKENT, 6 avg – Sputnik. Norin viloyatida mahalliy aholi va oltin qazib olish ishlarini bajaruvchi Xitoyning Zhong Ji Mining Company kompaniyasi ishchilari oʻrtasida mojaro yuz berdi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston.

Qishloq aholisi Zhong Ji Mining kompaniyasi binosi oldida toʻplandi. Keyinchalik mahalliy aholi va kompaniya ishchilari bir-birlariga tosh otishni boshlashdi.

Viloyatning militsiya butun shaxsiy tarkibi trevoga boʻyicha koʻtarildi. Huquq tartibot organlaridagi manbaning maʼlumotiga koʻra, mojaro oqibatida 20 kishi jarohatlandi.

Mahalliy aholi Zhong Ji Mining Company faoliyatini toʻxtatilishini talab qilmoqda. Ularning soʻzlariga koʻra, portlash ishlari oqibatida togʻlarda chorva nobud boʻlmoqda.

Tuman hokimiyati taʼkidlashicha, kompaniya vakillari agar portlash ishlari oqibatida chorva nobud boʻlishi holati tasdiqlansa, egalarga moddiy zararni qoplashga tayyorligini maʼlum qildi.

Keyin maʼlum boʻlishicha, Xitoy kompaniyasi faoliyatida ayrim qonunbuzilishlar aniqlandi.

Sanoat, energetika va yer osti boyliklaridan foydalanish davlat qoʻmitasi rahbari Emil Osmonbetov mahalliy aholiga kompensatsiya toʻlash masalasini hal etilishi yuzasidan Zhong Ji Mining rahbariyatiga murojaat qilgandi. Kompaniya bunga rozi boʻlgani maʼlum boʻldi.

Asosiy mavzular