08:07 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Mikrofon v studii radio Sputnik

Britaniyaning Guardian nashri Sputnik᾽dan uzr soʻradi

© Sputnik / Maksim Blinov
Dunyoda
Havola olish
219 0 0

Britaniyaning Guardian gazetasi Sputnik᾽ni yolgʻon xabar tarqatishda nohaq ayblagani uchun kechirim soʻradi.

TOSHKENT, 6 avg - Sputnik. Britaniyaning Guardian gazetasi Sputnik᾽ni yolgʻon xabar tarqatishda nohaq ayblagani uchun kechirim soʻradi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Joriy yilning aprel oyida Parijdagi Notr-Dam ibodatxonasida yongʻin sodir boʻldi. Sputnik France muxbiri olov ichida qolgan Notr-Damni suratga olgan. Suratda tashqi koʻrinishi Sharq millatiga mansub boʻlgan ikki yosh yigitning tasma ostidan kulib oʻtayotgani aks etgan.

© Sputnik /
Lyudi u sobora Parijskoy Bogomateri, gde sluchilsya pojar

Tahririyat suratga hech izoh bildirmagan. Ushbu surat ijtimoiy tarmoqda keng tarqaldi va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari unga goʻyoki musulmonlar fojiani nishonlayotishgani dalili sifatida munosabat bildirishdi. Qolaversa, ayrim Gʻarb OAVlari Sputnik᾽ni jamiyatning musulmonlarga boʻlgan munosabatiga taʼsir koʻrsatishga urinishda aylashdi.

19 aprel kuni Guardian nashri ushbu suratni oʻzining Instagram᾽dagi sahifasida Fake or for Real toʻplamiga joylashtirdi. Gazeta suratni amerikalik ekspertlarning fikriga tayanib, yolgʻon xabar deb ataluvchi toifaga kiritdi.

Sputnik oʻz navbatida ushbu surat asl ekanligini isbotladi va tegishli dalillarni taqdim etdi. Biroq Guardian oradan toʻrt oy oʻtgandan soʻng oʻzining nohaqligini tan oldi.

Skrinshot iz sotsialnыx setey
Odnako Guardian tolko spustya chetыre mesyatsa priznala svoyu nepravotu.

“Aniqlik biz uchun muhim, shuning uchun agar siz Fake or for real loyihamizning muxlisi boʻlsangiz, quyidagilarni oʻqishingizni iltimos qilamiz:  Fake or for real᾽ning 19 apreldagi sonida biz Notr-Damda sodir boʻlgan yongʻin vaqtida olingan va keng tarqalgan surat tahrir qilingan deb taxmin qilgan edik.  Biz bilan suratning huquq egasi bogʻlandi va biz surat tahrir qilinmaganini tan olamiz. Bu uchun uzr soʻraymiz”, - deyiladi Guardian yozgan postida.

Asosiy mavzular