Panamada Poroshenkoga qarshi yangi jinoiy ish qo‘zg‘atildi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPrezident Ukraini Petr Poroshenko
Prezident Ukraini Petr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukrainaning sobiq prezidenti Potr Poroshenkoga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar soni 10 dan oshgan.

TOShKENT, 6 avg – Sputnik. Panama prokuraturasi Ukrainaning sobiq prezidenti Potr Poroshenkoga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda huquqshunos Andrey Portnov ma’lum qildi.

Potr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Poroshenko oilasi bilan Ukrainani tark etdi

Qayd etilishicha, Poroshenko va uning yaqinlari Panamada jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni yashirgan.

Huquqshunosning ma’lum qilishicha, sobiq rahbar Ukraina budjetiga soliq to‘lamagan va tasarruf qilingan mablag‘larni yuvgan.

Panama huquqni muhofaza qiluvchi organlari huquqshunosning arizasini bir oy davomida o‘rganib chiqib, jinoiy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Portnov Ukraina Bosh prokuraturasining xalqaro xizmatlari butun dunyo bo‘ylab Poroshenko hisoblari va aktivlarini hibsga olish uchun iltimosnoma yo‘llashiga umid bildirgan.

Hozirda Ukrainada Poroshenko va uning jamoasiga qarshi 11 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Jumladan, unga nisbatan davlatga xiyonat ayblovi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0