01:49 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Dunyoda
Havola olish
290810

Yerga diametri 570 metr boʻlgan fazoviy jism yaqinlashmoqda.

TOSHKENT, 6 avg – Sputnik. Yerga osmonoʻpar bino kattaligida ulkan asteroid yaqinlashmoqda. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 10 avgust kuni 2006 QQ23 asteroidi soatiga 17 ming kilometrda harakatlanib, Yerdan atigi 0,049 astronomik birlik (7,3 million kilometr)da uchib oʻtadi.

Taʼkidlanishicha, bu asteroidni Yerga yaqin obʼyekt sifatida qarash mumkin. Bundan tashqari asteroid Yerdan 0,05 astronomik birlikdan qisqa masofada oʻtgani uchun uni xavfli asteroidlar qatoriga qoʻshish mumkin.

Ushbu asteroidning diametri taxminan 570 metrni tashkil etadi. Bu esa AQShdagi mashhur Empayr-steyt-bilding oʻsmonoʻpar binosi balandligi (443 metr)dan ham kattadir.

NASA’ vakillarining qayd etishicha, hozirda bu fazoviy jism Yerga hech qanday xavf tugʻdirmaydi. Chunki har yili oʻrtacha oltita bu kattalikdagi asteroid Yer oldidan uchib oʻtadi.

NASA yerga yaqin obʼyektlarni kuzatishda va asteroid xavfiga qarshi choralar ishlab chiqishda davom etadi.

Asosiy mavzular