23:54 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Flag Kitayskoy Narodnoy Respubliki

Xitoy oltin qazib olish konida yuz bergan mojaro yuzasidan Qirgʻizistonga keskin bayonot berdi

© Flickr / Max Braun
Dunyoda
Havola olish
123020

Xitoy elchixonasi bayonotida yozilishicha, XXR investitsiyalari hisobiga mahalliy aholining moddiy farovonligi ortmoqda.

TOSHKENT, 6 avg – Sputnik. Xitoyning Qirgʻizistondagi elchixonasi Sulton-Sari oltin qazib olish konida yuz bergan mojaro yuzasidan keskin bayonot berdi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.

foto ochevidtsa, otpravlennoye po WhatsApp-kanalu

Diplomatik vakolatxonasi saytida yozilishicha, 2019 yil 5 avgustda Norin viloyati Sulton-Sari oltin qazib olish korxonasi oldida yuzlab mahalliy aholi toʻplandi.

“Yigʻilgan ayrim kishilar noqonuniy ravishda Xitoy kompaniya hududiga bostirib kirdi. Kompaniya xodimlarini kaltaklashdi, natijada oʻnlab Xitoy fuqarolari jarohat oldi. Hozirgi vaqtda Xitoyning Qirgʻizistondagi elchixonasi jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatmoqda. Elchi Du Deven shifoxonalarda jarohatlar xolidan xabar oldi”, - deyilgan xabarda.

Elchixona bayonotida yozilishicha, koʻp yillar davomida Xitoy korxonalari Qirgʻizistonga investitsiya kiritib, biznes bilan shugʻullanmoqda, mahalliy aholi moddiy farovonligini yaxshilash va ikki davlat xalqlari oʻrtasida anʼanaviy doʻstlikni mustahkamlash uchun katta hissa qoʻshmoqda. Yuz bergan mojaro “kompaniya va uning xodimlariga katta moddiy va jismoniy yoʻqotishlarni keltirib chiqardi”.

“Biz Qirgʻiziston tomonidan jabrlanganlarga maksimal darajada tibbiy yordam koʻrsatilishi, holatni har tomonlama tergov qilinishi, aybdorlar qatʼiy jazolanishi, bu mojaro adolatli va talab darajasida hal qilinishini talab qilamiz. Xitoy tomoni Qirgʻiziston Respublikasi hukumati va tegishli idoralaridan Xitoy kompaniyalarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, Xitoy fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash, bu kabi hodisalarning takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun samarali choralar koʻrilishini soʻraydi”, - deyilgan elchixona bayonotida.  

Sulton-Sari konidagi mojaro

Kuni kecha Norin viloyatida mahalliy aholi va oltin qazib olish ishlarini bajaruvchi Xitoyning Zhong Ji Mining Company kompaniyasi ishchilari oʻrtasida mojaro yuz berdi. Qishloq aholisi kompaniya binosi oldida toʻplandi.

Keyinchalik mahalliy aholi va kompaniya ishchilari bir-birlariga tosh otishni boshlashdi.

Viloyatning militsiya butun shaxsiy tarkibi trevoga boʻyicha koʻtarildi. Huquq tartibot organlari maʼlumotiga koʻra, mojaro oqibatida 20 kishi jarohatlandi.

Mahalliy aholi Zhong Ji Mining Company faoliyatini toʻxtatilishini talab qilmoqda. Ularning soʻzlariga koʻra, portlash ishlari oqibatida togʻlarda chorva nobud boʻlmoqda.

Tuman hokimiyati taʼkidlashicha, kompaniya vakillari agar portlash ishlari oqibatida chorva nobud boʻlishi holati tasdiqlansa, egalarga moddiy zararni qoplashga tayyorligini maʼlum qildi.

Keyin maʼlum boʻlishicha, Xitoy kompaniyasi faoliyatida ayrim qonunbuzilishlar aniqlandi.

Sanoat, energetika va yer osti boyliklaridan foydalanish davlat qoʻmitasi rahbari Emil Osmonbetov mahalliy aholiga kompensatsiya toʻlash masalasini hal etilishi yuzasidan Zhong Ji Mining rahbariyatiga murojaat qilgandi. Kompaniya bunga rozi boʻlgani maʼlum boʻldi.

Asosiy mavzular