O‘zbekiston “Tank biatloni”da umumjamoa hisobi bo‘yicha birinchi

Obuna bo‘lish
Beshinchi xalqaro armiya o‘yinlarining diqqat markazida turgan “Tank biatloni” musobaqasi borgan sari qizg‘in tus olmoqda.

TOShKENT, 7 avg – Sputnik. O‘zbekiston“Tank biatloni”da umumjamoa hisobi bo‘yicha hamon birinchi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.

Mazkur bosqichda T-72 B-3 tankini boshqarish, to‘siqlardan o‘tish, belgilangan nishonlarni yakson qilish va imkon qadar qisqa muddatda finish chizig‘iga yetib kelish vazifasi yuklatildi. O‘zbekiston sharafini katta leytenant Muhiddin Nuriddinov boshchiligidagi ekipaj a’zolari munosib himoya qilishdi.

Ta’kidlash joizki, o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar tarixda ilk bor “Tank biatloni” musobaqasida ishtirok etmoqda.

Umumiy hisobda ekipaj mexanik haydovchisi kichik serjant Avazbek Mustafoqulov T-72 B-3 tankini 73 km/soat tezlik bilan har bir to‘siqdan betalofat olib o‘tib, tomoshabinlar e’tiboriga sazovar bo‘ldi.

© SputnikKomanda Uzbekistana oderjala pobedu v "Tankovogo biatlona" na ArMI-2019
O‘zbekiston “Tank biatloni”da umumjamoa hisobi bo‘yicha birinchi - Sputnik O‘zbekiston
Komanda Uzbekistana oderjala pobedu v "Tankovogo biatlona" na ArMI-2019

“Shunday qilib katta leytenant Muhiddin Nuriddinov boshchiligidagi ekipaj avvalgi ekipajga nisbatan 1.30 daqiqa teziroq farq bilan finish chizig‘iga yetib keldi.  Quvonarlisi ushbu bellashuvda ham yurtdoshlarimiz umumjamoa hisobida hamon birinchilikni qo‘ldan boy bergani yo‘q”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, “Tank biatloni” musobaqasining ikkinchi guruhida jami 11 ta jamoa ishtirok etmoqda. O‘zbekistonliklar ishtirokidagi keyingi bahslar 8-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0