00:58 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
1276 0 0

Britaniyalik teleboshlovchi Maykl Byuyerk semizlik bu kasallik emasligini aytdi.

TOSHKENT, 7 avg – Sputnik. Britaniyalik teleboshlovchi Maykl Byuyerk (Michael Buerk) semizlik bu kasallik emasligini maʼlum qildi. Shuning uchun ortiqcha vaznga ega boʻlgan kishilarni davolashning xojati yoʻq. Bu haqda RIA Novosti Metro nashriga tayanib xabar qilmoqda.

“Siz semizsiz, chunki juda koʻp yeysiz”, - deya yozgan jurnalist.

Uning soʻzlariga koʻra, semiz kishilar “xasta emas, balki zaifdir” va ularning oʻlimi milliy sogʻliqni saqlash xizmatining pullarini saqlab qolishga imkon beradi.

Byuyerk uzoq umr koʻrishni hayotning asosiy maqsadi qilishning aslo xojati yoʻqligini qoʻshimcha qilgan. Ortiqcha vaznga ega boʻlganlarning erta hayotdan koʻz yumishini demografik disbalansga qarshi kurashda “fidokorona qurbonlik” deb hisoblash mumkin.

Qanday qilib qorinni yoʻqotsa boʻladi: olimlar eng samarali usulni aniqladi

Britaniya hukumati maʼlumotlariga koʻra, deyarli har uchinchi katta yoshdagilar va 11 yoshgacha boʻlgan har beshinchi bola semizlik xastaligidan aziyat chekmoqda.

Asosiy mavzular