07:26 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Prezident Ukrainы Vladimir Zelenskiy

Zelenskiy Putinga qoʻngʻiroq qildi

© Sputnik / Stringer
Dunyoda
Havola olish
743 0 0

Zelenskiy Rossiya prezidenti bilan telefon orqali Donbassda toʻrt nafar ukrain harbiylarining halok boʻlishini muhokama qilgan.

TOSHKENT, 7 avg – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali Donbassda toʻrt nafar ukrain harbiylarining halok boʻlishini muhokama qilganini maʼlum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, Zelenskiy Rossiya yetakchisidan vaziyatga taʼsir koʻrsatishni iltimos qilgan.

“Men sizdan ular odamlarimizni oʻldirishni bas qilishlari uchun narigi tarafga taʼsir koʻrsatishingizni oʻtinib soʻrayman”. – degan u.

Zelenskiyning fikriga koʻra, bunga oʻxshash hodisalar tinchlik boshlanishini tezlashtirmaydi.

Xabarda, shuningdek, Zelenskiy Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan muzokaralar olib borishni rejalashtirayotgani qayd etilgan. Muzokaralarning maqsadi – zudlik bilan “normand formati” doirasida uchrashuv oʻtkazishga kelishib olish.

Asosiy mavzular