23:11 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
780 0 0

AQSH mudofaa idorasi bayonotida aytilishicha, terrorchilik uyushmasi safida 18 ming kishi bor.

TOSHKENT, 7 avg – Sputnik. “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasi oxirgi vaqtlarda Suriya va Iroqda oʻz kuchini mustahkamlamoqda. RIA Novosti Pentagon bayonotiga asosan xabar qildi.  

ISHID mustahkamlanishi haqida xulosa AQSH mudofaa vazirligi bosh inspektori Glen Fayn bayonotida yozilgan.

Unda ISHID terrorchilik tashkiloti Iroqda oʻz pozitsiyasini mustahkamlayotgani va Suriyada yana janglarni amalga oshirishga tayyorgarlik koʻrayotgani aytilgan.

“Chorak davomida ISHID Suriya va Iroq hududida qotillik, hudkush-terrorchilar hujumi, odamlarni garovga olish va qishloq xoʻjalik obʼyektlarini yoqib yuborish ishlari bilan shugʻullandi. Guruh Suriyada “tiklanayotgan yacheyka”larni tashkil qilib, qoʻmondonlik puntlarini kengaytirishga harakat qildi”, - deyilgan bayonotda.

Pentagon maʼlum qilishicha, terrorchilik uyushmasi safida 18 ming kishi boʻlishi mumkin. Shuningdek, ISHID oʻzining moliyaviy tarmogʻini qayta tiklamoqda.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Asosiy mavzular