07:36 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Ne dali vzyat jivыm ili mertvыm: Atambayev sdelal zayavleniye

Atambayev bayonot bilan chiqdi

© REUTERS / Vladimir Pirogov
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (34)
722 0 0

Kecha Qirgʻiziston maxsus topshiriqli boʻlinmalari harbiylari sobiq prezident Almazbek Atambayevning Chuy viloyatidagi Koy-Tosh qishlogʻida joylashgan qarorgohiga bostirib kirdi. Sobiq prezidentni qoʻlga olishga urinishda 45 kishi jarohatlandi.

TOSHKENT, 8 avg — Sputnik. Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev “Aprel” telekanali orqali murojaat qildi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qilmoqda.

Atambayev qoʻlga olishga urinishda tinch aholi jabr koʻrganini qayd etdi, chunki  “Alfa” antiterroristik maxsus boʻlinmasi yuborilgan. Atambayev u va uning atrofidagi odamlar terrorchi emasligini taʼkidladi.

“Sizlarga alam bilan murojaat qilyapman. Bugun hukumat kuchlari noqonuniy ravishda, Konstitutsiyani buzgan holda, meni qoʻlga olish uchun, Atambayevning ogʻzini yopish uchun, qurol bilan keldi va oʻz xalqini oʻqqa tutdi. Avvaliga rezina oʻqlar bilan, oxirida – haqiqiy oʻqlar bilan. Bu sharmandali va alamli. Atambayev terrorchi emas. Uning atrofida yigʻilgan insonlar – terrorchilar emas. Soat 19:30da odamlar odatdagidek kelib men bilan selfi tushishayotgandi. Hech qanday gunohi yoʻq odamlar jabrlandi”, - dedi oʻz murojaatida u.

U oʻz murojaatida Batukayev ishi yuzasidan yozma koʻrsatma berishni taklif qilgani va har qanday savolga javob berishga tayyorligini taʼkidladi.

Atambayev uni himoya qilganlarga va “tirik yoki oʻlik holda qoʻlga olishga yoʻl qoʻymaganlarga” minnatdorchilik bildirdi.

Ne dali vzyat jivыm ili mertvыm: Atambayev sdelal zayavleniye
© REUTERS / VLADIMIR PIROGOV
"Ne dali vzyat jivыm ili mertvыm": Atambayev sdelal zayavleniye

Oʻz murojaatida hukumatga “aqlini yigʻishtirib olishni” taklif qilgan va qirgʻizistonliklar tiz choʻkib yashamasliklarini bildirgan.

Atambayev harbiylarga murojaat qilib, oʻz xalqini otmasligini soʻragan: “Sizning rahbarlaringiz, ehtimol, qayoqqadir qochib yetadi. Biroq bularning barchasi siz uchun yomonlik bilan tugashi mumkin”.

Ne dali vzyat jivыm ili mertvыm: Atambayev sdelal zayavleniye
© REUTERS / VLADIMIR PIROGOV
"Ne dali vzyat jivыm ili mertvыm": Atambayev sdelal zayavleniye

Eslatib oʻtamiz, kecha, 7 avgust kuni Qirgʻiziston maxsus topshiriqli boʻlinmalari harbiylari sobiq prezident Almazbek Atamboyevning Chuy viloyatidagi Koy-Tosh qishlogʻida joylashgan qarorgohiga bostirib kirdi. Sobiq prezidentni qoʻlga olishga urinib, maxsus amaliyot oʻtkazishdi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, toʻqnashuvlar oqibatida jami 45 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Spetsnazlardan biri olgan jarohati tufayli halok boʻlgan.

Qirgʻiziston parlamenti 20 iyun kuni maxsus komissiya tomonidan tayyorlangan Atambayevga qarshi ayblovlar roʻyxatini prokuraturaga topshirdi. Xulosaga koʻra, Atambayev bir nechta jinoyatlarni sodir etishda gumonlanmoqda. Agar sud sobiq prezidentni aybdor deb topsa, u umrbod qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin.

Atambayev Qirgʻiziston IIV bosh tergov boshqarmasi tomonidan jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozodlikka chiqarilishi ishi boʻyicha guvoh sifatida koʻrsatma berishi uchun uch marta soʻroqqa chaqirtirilgan  edi. Biroq sobiq prezident soʻroqqa borishdan bosh tortib, chaqiruv qogʻozini hatto qoʻliga olmasligini aytgan.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (34)

Asosiy mavzular