07:40 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Sooronbay Jeenbekov

“Atambayev endi guvoh emas, balki gumon qilinuvchi”: Qirgʻiziston prezidenti Jeenbekov

Pravitelstvo KR
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (34)
1274 0 0

Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov aybdorlar oʻz jazosini tortishiga vaʼda berdi.

TOSHKENT, 8 avg — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov respublikaning sobiq rahbari Almazbek Atambayevning maqomi guvohdan ogʻir jinoyatda gumon qilinuvchiga oʻzgartirilishini maʼlum qildi, deya yozadi Sputnik Qirgʻiziston.

Ne dali vzyat jivыm ili mertvыm: Atambayev sdelal zayavleniye
© REUTERS / Vladimir Pirogov

“Agar shu paytgacha Atambayev tergovchi huzuriga guvoh sifatida chaqirilgan boʻlsa, endilikda unga ogʻir jinoyatda gumon qilinuvchi sifatida qaraladi", - dedi Jeenbekov parlamentning navbatdan tashqari majlisida.

U mamlakatda qonun ustuvorligi, tinchlik va xavfsizlikni saqlash maqsadida barcha choralar koʻrilishini qoʻshimcha qildi. Davlat aholining ikkiga  ajralib ketishiga va beqaror vaziyat yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik uchun kuch va vositalarga ega.

Bugun Qirgʻizistonda parlamentning navbatdan tashqari majlisi boʻlib oʻtmoqda. Deputatlar sobiq prezident Atambayevni qoʻlga olishga urinish bilan bogʻliq boʻlgan vaziyatni muhokama qilishmoqda. Kecha amalga oshirilgan maxsus amaliyot muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 52 kishi jabrlangan, spetsnazlardan biri koʻkragidan olgan jarohati tufayli halok boʻlgan. Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov xavfsizlik kengashida Atamboyev qurolli qarshilik koʻrsatib, konstitutsiya va qonunlarni qoʻpol ravishda buzganini maʼlum qilgan.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (34)

Asosiy mavzular