15:41 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
137310

Bu mevani har kuni isteʼmol qilish koʻplab xastaliklarning rivojlanishini oldini oladi.

TOSHKENT, 8 avg — Sputnik. Mutaxassislar oʻrikni eng foydali meva deb atashdi. Oʻrikni har kuni isteʼmol qilish koʻplab xastaliklarning rivojlanishini oldini oladi. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar qildi.

Shifokorlarning qayd etishicha, oʻrik yurak-qon tomir tizimi yoki buyrak kasalliklaridan aziyat chekuvchi kishilar uchun juda foydali hisoblanadi.

Shuningdek, bu meva homilador ayollar uchun ham foydali.

Xabarda oʻrik kam kaloriyali mahsulot ekani, biroq shunga qaramasdan uning tarkibida xolesterinni pasaytirib, butun organizmning hayotiy faolligini oshiradigan foydali moddalar mavjudligi qayd etilgan.

Qolaversa, oʻrik organizmdan toksin va shlaklarni chiqarib tashlash xususiyatiga ega. Diyetologlar ortiqcha vaznga qarshi kurashishda oʻrikning oʻrni beqiyos ekanini taʼkidlashgan.

Asosiy mavzular