07:11 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Predsedatel Gosudarstvennoy Dumы RF Sergey Narыshkin

Qirgʻizistondagi mojaro oʻta xavfli nuqtaga yetdi – Rossiya razvedka xizmati rahbari

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Dunyoda
Havola olish
214210

Rossiya hukumati tomonlarni vazminlikka chaqirmoqda – Rossiya tashqi razvedka xizmati rahbari.

TOSHKENT, 8 avg – Sputnik. Rossiya tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narыshkin Qirgʻizistondagi mojaro yuzasidan izoh berdi.

Unga koʻra, sobiq prezident lavozimidan ketishi bilan kelishmovchilik boshlandi.

“Almazbek Atambayev va amaldagi hukumat oʻrtasida mojaro, sobiq prezident oʻz vakolatlarini topshirishi bilan, birinchi oylarning oʻzida kelishmovchilik boshlandi. Afsuski, shu kunlarda mojaro juda xavfli nuqtaga yetdi”, - dedi Narыshkin.

Razvedka xizmati rahbari soʻzlariga koʻra, Rossiya hukumati tomonlarni vazminlikka chaqiradi.

“Bizni albatta qardosh boʻlgan xalq, mamlakatning  taqdiri tashvishga solmoqda. Rossiya hukumati vakillari tomonlarni vazminlikka chaqiradi”, - dedi Rossiya tashqi razvedka xizmati rahbari.

Eslatib oʻtamiz, 7 avgust kuni Qirgʻiziston maxsus kuchishlatar boʻlinma harbiylari sobiq prezident Almazbek Atambayevning Qoʻy-Tosh qishlogʻida joylashgan qarorgohiga bostirib kirdi. Harbiylar sobiq prezidentni qoʻlga olish boʻyicha maxsus amaliyot oʻtkazishdi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, toʻqnashuvlar oqibatida bir nafar maxsus boʻlinma harbiysi halok boʻldi va 52 kishi jarohatlandi.

Asosiy mavzular