TOSHKENT, 8 avg – Sputnik. Kuch ishlatar boʻlimalari tomondan oʻtkazilgan ikkinchi amaliyot davomida Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olindi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston.
Taʼkidlanishicha, uzoq davom etgan muzokaralardan soʻng, Atambayev taslim boʻlishga qaror qildi. Atambayev konvoy kuzatuvi ostida Bishkek tomon olib borilmoqda.
Bundan biroz avvalroq kuchishlatar boʻlinmalari tomonidan mamlakat sobiq prezidentini qoʻlga olish boʻyicha ikkinchi amaliyotni oʻtkazdi.
“Huquq-tartibot organ xodimlari koʻzni yoshlantiruvchi gaz va shovqinli granatalarni qoʻllamoqda. Atambayev darvozasini himoya qilgan odamlar qochib ketdi. Yuk mashinasi yordamida darvoza buzildi. Atambayevning uyidan oʻq otilmoqda”, - deb taʼkidladi huquq-tartibot organlaridagi manba.

Kuni kecha, 7 avgust kuni Qoʻy-Tosh qishlogʻida Davlat milliy xavfsizlik xizmati kuchishlatar boʻlinmasi Atambayevni qoʻlga olish amaliyotini oʻtkazishga harakat qildi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 52 kishi jarohat oldi, bir nafar kuchishlatar boʻlinma harbiysi halok boʻldi.

Bugun, 8 avgust, taxminan soat 16:30 Qoʻy-Tosh qishlogʻida militsiya va muxolifatchilar oʻrtasida toʻqnashuv boshlandi.