03:30 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Ozero Issыk-Kul

Turistlar qoʻrqib qolgan va Qirgʻizistonga borishdan bosh tortmoqda

© Sputnik / Vladislav Ushakov
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (36)
1046 0 0

Koʻplab turistlarni Qirgʻizistondagi soʻnggi voqealar juda qoʻrqitib yuborgan

TOSHKENT, 9 avg - Sputnik. Chet ellik sayyohlarning bir qismi mamlakatga kelishdan bosh tortishdi, deb xabar qilmoqda, Sputnik Qirgʻiziston.

Sputnik tahririyatiga agentlik xabarlarini oʻqib boradiganlar murojaat qilib, ijtimoiy-siyosiy vaziyatning izdan chiqishi turistik mavsumga oʻz taʼsirini koʻrsatmaydimi, deya savol berishdi. Tahririyat bu savolni ekspertlarga yoʻnaltirdi.

"Turistlar soni qisqardi. Pansionat va oromgoh egalari hamda boshqaruvchilari koʻplab chet elliklar bron qilingan joylardan voz kechayotgani haqida aytishmoqda", - degan savolga javoban Qirgʻiziston Turistik alyans direktori Meder Tilekmatov.

Odamlar haqiqatan ham oʻzlarining hordiq vaqtini yoʻqqa chiqarmoqchi emas, qolaversa, shaxsiy xavfsizlik masalasi ham ular uchun muhim. Turistlarning oʻzaro muloqotlari skrinshotlari ham buni tasdiqlaydi. Misol uchun ulardan birida qaysidir turist hordiq chiqarish uyida amalga oshirgan bronidan voz kechgani aks etgan boʻlsa, boshqalarida hozir Issiq-Koʻl xavfsizmi, degan savollar yozilgan.

Skrinshot iz perepiski
Mnogiye interesuyutsya, bezopasno li seychas na Issыk-Kule.

Qirgʻiziston Madaniyat vazirligi turizm departamenti rahbari Maksat Damir oʻgʻli QR kelishdan voz kechish holatlari haqiqatan borligini, ammo ular u qadar koʻp emasligini aytmoqda. Uning soʻzlariga koʻra, bu holatni Qirgʻiziston turistlarni yoppasiga yoʻqotadi, deya talqin qilish mumkin emas.

Almazbek Atambayev 8 avgust kuni ikkinchi shturm davomida qoʻlga olindi. Sobiq prezidentni oʻz qarorgohidan Bishkekka aylanma yoʻl bilan olib ketishgan - tarafdorlari uni olib qolish uchun qattiq kurash olib borgan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Atambayevni qoʻlga olish boʻyicha maxsus operatsiya oqibatida ikki kun ichida 85 kishi jabrlangan, maxsus xizmat xodimlaridan biri oʻqotar quroldan yaralanish oqibatida halok boʻlgan.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (36)

Asosiy mavzular