03:57 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Atambayev uyining shturm qilinishi — IIV kimni qoʻlga oldi va qanday jinoiy ishlar qoʻzgʻatildi

Sputnik
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (36)
1286 0 0

Huquq-tartibot organlari oltita jinoiy ish qoʻzgʻatishgan va oʻndan ziyod kishilarni soʻroq qilishgan. Ayrimlari qoʻlga olingan.

TOSHKENT, 10 avg — Sputnik. Qirgʻiziston ichki ishlar vazirligi sobiq prezident Almazbek Atambayev uyi shturm qilinganidan soʻng amalga oshirilgan ishlar haqida xabar berdi.

QR Jinoyat kodeksi 130 (Qotillik), 39-130 (Oʻldirishga suʼiqasd), 244 (Asir olish), 264 (Ommaviy tartibsizliklar), 266 (Bezorilik) va 355 (Hukumat vakiliga nisbatan tahdid yoki zoʻravonlik) moddalari boʻyicha jinoiy ishlar qoʻzgʻatilgan.

Atambayevning tarafdorlari boʻlgan: Temirlan Sultanbekov, Ermek Okenov, Tilek Abdiyeva, Meerbek Miskenbayev, Kunduz Joldubayeva, Ravshan Jeenbekov, JK deputatlari Asel Koduranova, Irina Karamushkina, siyosatchining oʻgʻli Seyitbek Atambayevlar soʻroqqa tutilgan. Sobiq davlat rahbarining maslahatchisi Farid Niyazov, xalq shtabi rahbari Kыyaz Smaliyev, Alga Kыlыchev va Amantur Jamgыrchiyevlar esa Bishkek IIBB izolyatorida saqlanmoqda.

Qirgʻiziston poytaxti Pervomaysk tuman sudi qaroriga koʻra, Almazbek Atambayev 26 avgust sanasiga qadar GNKB SIZOsida saqlanishi belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, 7 avgust kuni kechqurun Koy-Tash qishlogʻida GKNB spetsnazi Atambayevni qoʻlga olish boʻyicha operatsiyani amalga oshirishga urindi, ammo shturm sobiq prezident tarafdorlari tomonidan yoʻqqa chiqarilgan edi. 8 avgust kuni huquq tartibot organlari takroriy shturmni amalga oshirdilar, oqibatda siyosatchi taslim boʻldi. Sal vaqt oʻtib, Atambayevning tarafdorlari kuch ishlatish yoʻli bilan tarqatila boshlandi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, ikki kunlik toʻqnashuvlarda 136 kishi jabrlangan, spetsnaz xodimi esa oʻq bilan yaralanish oqibatida halok boʻlgan.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (36)

Asosiy mavzular