08:37 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Volga qirgʻogʻida ulkan baliq topildi

© Sputnik / Andrey Shapran
Dunyoda
Havola olish
3142 0 0

Suratlarda suv toʻlqinlari oʻtkir tishli ulkan laqqa baliqdan tashqari yana koʻplab kichik baliqlarni chiqarib tashlaganini koʻrish mumkin.

TOSHKENT, 11 avg — Sputnik. Rossiyaning Samara viloyatidagi Volga daryosi qirgʻogʻida ulkan oʻlik laqqa baliq topildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari baliqni suratga olib, internetga joylashtirishgan.

Suratlarda suv toʻlqinlari oʻtkir tishli ulkan laqqa baliqdan tashqari yana koʻplab kichik baliqlarni chiqarib tashlaganini koʻrish mumkin.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu hodisaga nima sabab boʻlishi mumkinligi borasida qizgʻin bahs olib borishdi. Ayrimlarning taxminiga koʻra, bunga daryodagi suvning ifloslanishi sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Boshqalar esa bunga daryoning sayozlanishi sabab boʻlgan deb hisoblashmoqda.

Asosiy mavzular