17:37 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Tankovыy biatlon - 2019. Individualnaya gonka

Tanklar toʻqnashuvi: Tojikiston jamoasi bellashuvdan chetlashtirildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Dunyoda
Havola olish
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (26)
111210

“Tank biatloni” bellashuvining yarim final bosqichida Tojikiston jamoasi kutilmaganda diskvalifikatsiya qilindi.

TOSHKENT, 12 avg – Sputnik. “Tank biatloni” bellashuvida Tojikiston jamoasi 8-chi oʻrinni egalladi. Hayʼat qaroriga asosan tojikistonlik tankchilari jamoasi birinchi yarim final bosqichida diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Sputnik Tojikiston'ga Armiya oʻyinlari jamoa vakili Maxmadali Ashurov maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Tojikiston jamoasiga keyingi oʻyinlarda ishtirok etish taqiqlanmadi. Biroq bu haqda qaror mamlakat rahbariyati qabul qiladi.

“Armiya oʻyinlari har yili oʻtkaziladi. Jamoaning ishtirok etishi mamlakat rahbariyati qaroriga bogʻliq. “Tank biatloni” oʻyinida Uganda va Tojikiston jamoalari tanklari toʻqnashuv yuz bergani uchun jamoa diskvalifikatsiya qilindi. Shunga qaramay, Rossiya bizga kelgusi oʻyinlarda ishtirok etishni taqiqlamadi”, - dedi Ashurov.

Ashurovning soʻzlariga koʻra, tojikistonlik tankchilar raqib tankini koʻrmay qolgani uchun toʻqnashuv yuz berdi. Oʻyin qoidalariga koʻra, tanklar toʻqnashib ketsa, jamoa diskvalifikatsiya qilinadi.

Tojikiston jamoasi yarim finalda oxirgi 8 - chi oʻrinni egalladi.

Eslatib oʻtamiz, “Tank biatloni” musobaqasining ikkinchi guruhida birinchi bosqich yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston tankchilari Sudan, Zimbavbe va Angola jamoalarini ortda qoldirib, eng yaxshi natija bilan yarim finalga yoʻl olgandi.

Mavzu:
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (26)

Asosiy mavzular