03:25 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Predsedatel GKNB Kыrgыzstana Orozbek Opumbayev

Qirgʻiziston MXDQ rahbari Atambayevni davlat toʻntarishiga tayyorgarlik koʻrishda aybladi

Foto / press-slujba JK
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (30)
420 0 0

Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbari sobiq prezident Almazbek Atambayev davlat toʻntarishi amalga oshirmoqchi boʻlganini aytdi.

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbari Orozbek Opumbayev sobiq prezident Almazbek Atambayev davlat toʻntarishini amalga oshirmoqchi boʻlganini maʼlum qildi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qilmoqda.

“Unga qon kerak edi. Davlat toʻntarishini amalga oshirish uchun qon kerak edi – ana oʻshanda u hukumatni aybdor qilgan boʻlardi. Men uning niyatlari haqida rasman maʼlum qilyapman”, - dedi Opumbayev.

Eslatib oʻtamiz, 7 avgust kuni kechqurun Koy-Tash qishlogʻida GKNB spetsnazi Atambayevni qoʻlga olish boʻyicha operatsiyani amalga oshirishga urindi, ammo shturm sobiq prezident tarafdorlari tomonidan yoʻqqa chiqarilgan edi. 8 avgust kuni huquq tartibot organlari takroriy shturmni amalga oshirdilar, oqibatda siyosatchi taslim boʻldi. Sal vaqt oʻtib, Atambayevning tarafdorlari kuch ishlatish yoʻli bilan tarqatila boshlandi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, ikki kunlik toʻqnashuvlarda 136 kishi jabrlangan, spetsnaz xodimi esa oʻq bilan yaralanish oqibatida halok boʻlgan.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (30)

Asosiy mavzular