08:12 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Berlinda seks uchun budkalar ochilishi mumkin - OAV

© Sputnik / Valery Melnikov
Dunyoda
Havola olish
4097 0 0

Ilk seks-bokslar 1980-yillar oʻrtalarida Niderlandlarda paydo boʻlgan, soʻngra esa ular boshqa Yevropa davlatlarida ham ochilishni boshlagan.

TOSHKENT, 14 avg — Sputnik. Berlinda joylashgan eski Tempelxof aeroportida maxsus bokslarga ega majmua qurilishi rejalashtirilmoqda. U yerda seks-xodimalar xizmat koʻrsatadi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirgʻiziston BBCga tayangan holda.

Shahar okrugi meri Mitte Stefan fon Dassel xuddi shu taklifni ilgari surganligi aytilmoqda. Yashillar partiyasi vakili boʻlgan amaldor, bu tarzda Kurfyurstenshtrasse koʻchasida avj olgan fohishalik ishlariga qarshi kurashmoqchi. Bu koʻcha Berlinda seksni tijoratga aylantirib yuborganlarning asosiy "ish joyi" hisoblanadi.

Yapon erkaklari jinsiy aloqaga nega qiziqmay qoʻygan? >>>

"Mahalliy aholi va biznes vakillari mana uzoq yillardan buyon koʻcha fahshini taqiqlashga chaqirib keladilar", - deyiladi mer bayonotida.

Ammo shahar senati bandlikning ushbu turiga holat yanada yomonlashishidan qoʻrqib, taqiq qoʻyishdan bosh tortmoqda. Fon Dassel soʻzlariga koʻra, Kurfyurstenshtrasse koʻchasida mijozlar ularga shahvoniy xizmat shu qadar past narxda koʻrsatilishiga intilishadiki, natijada fohishalar minimal daromad uchun maksimal darajadagi kishilarga xizmat koʻrsatishga majbur boʻlmoqda. U shuningdek, seks-xodimalarining aksariyati - Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropadan kelgan migrant ayollar ekanligiga eʼtibor qaratgan.

Izmir fohishalari pensiya olish huquqiga ega boʻldi >>>

Okrug rahbarining fikriga koʻra, seks-xizmatning eski aeroport hududiga "koʻchirilishi" bu kasb egalarini xavfsizligini taʼminlashga yordam beradi. U mijozlar oʻz avtomobillarida kirishi mumkin boʻlgan bir nechta yopiq bokslardan iborat majmuani qurishni taklif etmoqda.

Bu gʻoya barcha berlinliklarga ham maʼqul kelgani yoʻq. Xususan, Sara Tiba ismli ayol CNNga, fohishalik hamisha shaharning ajralmas qismi boʻlib kelganligi haqida gapirgan.

Qizlar nogironligi bor odamlarga jinsiy aloqa qilishga yordam berishmoqda - ular kimlar? >>>

"Mening nazdimda, seks-xizmat turlarini boylar uchun kamroq noqulayliklar tugʻdiradigan joyga koʻchirishmoqda. Bu ayollar sharoiti bor, ammo koʻrinmaydigan joyda turgandan koʻra, koʻchada turgani yaxshi", — degan Tiba.

Ilk "seks-budka"lar Niderlandlarda Utrextda 1980-yillarda paydo boʻlgan, soʻngra ularni Yevropaning boshqa shaharlarida ham tashkil etishgan. Germaniyaning Kyolnida xuddi shunday majmua 2001 yilda paydo boʻlgan, sal keyin xuddi shunday bokslar Essen, Bonn va Tsyurixda ochilgan. Majmualar hududida xavfsizlik oliy darajada taʼminlangan, har bir boksda kuzatuv kameralari va tashvish tugmalari oʻrnatilgan.

Asosiy mavzular