02:54 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Zamestitel ministra vnutrennix del Kursan Asanov. Arxivnoye foto

Atambayevni taslim boʻlishga koʻndirgan generalga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi

Foto / press-slujba Jogorku Kenesha
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (38)
145620

Asanov Qirgʻiziston militsiyasi manfaatlariga xiyonat qilgani va ishonchni suiisteʼmol qilgani uchun ishdan boʻshatildi.

TOSHKENT, 14 avg – Sputnik. Almazbek Atambayevni taslim boʻlishga koʻndirgan Qirgʻiziston ichki ishlar vazir oʻrinbosari Kursan Asanovga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Asanov mansab vakolatini suiisteʼmol qilishda gumonlanmoqda. U ichki ishlar vazirining talabini bajarmagan va shaxsiy tarkibni boshqaruvsiz qoldirgan.

Harbiy prokuratura tergovni olib bormoqda. Hozirgi vaqtda Asanov soʻroq qilinmoqda.

Kuni kecha, Kursan Asanov ichki ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi. Asanov Qirgʻiziston militsiyasi manfaatlariga xiyonat qilganlikda va ishonchni suiisteʼmol qilganlikda ayblanmoqda.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (38)

Asosiy mavzular