20:11 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Burыy medved.

Xabarovsk oʻlkasida ayiq qabrdan odam jasadini olib qochib ketdi

© Sputnik / N. Gerasimov
Dunyoda
Havola olish
100010

Xabarovsk oʻlkasida ayiq qabristondagi qabrni kovlab, odam jasadini olib qochib ketdi.

TOSHKENT, 14 avg – Sputnik. Xabarovsk oʻlkasida Komsomolsk-Amur shahrida ayiq qabristondagi qabrni kovlab, odam jasadini olib qochib ketdi. Hozirgi vaqtda huquq-tartibot organ xodimlari tekshiruv oʻtkazmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Politsiya navbatchilik qismiga shaharning Start mikro hududida joylashgan qabristonda qabr ochilgani haqida xabar kelib tushdi. Voqea joyiga tezkor tergov guruh, kinolog va ovchi chiqdi. U yerda ayiq izlari topildi. Hozircha murda topilmadi”, - deyilgan xabarda.

Politsiya xodimlari tekshiruv oʻtkazmoqda, natijalari boʻyicha tegishli protsessual qaror qabul qilinadi.

“Voqea joyiga mutaxassislar bordi, ularga hayvonni otish boʻyicha ruxsatnoma berildi. Ayiq topildi va otib tashlandi”, - deb taʼkidladi tabiatni muhofaza qilish vazirligi viloyat boʻlimi rahbari Yuriy Kolpak.

Asosiy mavzular