04:08 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Dubayskiy Okeanarium i podvodnыy zoopark

Grenlandiyada 500 yoshga kirgan akula topildi - foto

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Dunyoda
Havola olish
1331 0 0

Olimlar hisob-kitobiga koʻra, akula 1505 yilda tugʻilgan.

TOSHKENT, 14 avg — Sputnik. Olimlar bir necha yil ilgari Grenlandiyada topilgan 28 dona akulaning yoshini aniqlashdi. Maʼlum boʻlishicha, ulardan biri 1505 yilda tugʻilgan.

The Sun nashrining xabar qilishicha, akulaning yoshini aniqlashda olimlar uni uzunligini oʻlchashgan, soʻngra izotop usulini qoʻllashgan. Akula uzunligi 5,5 metrni tashkil etgan. Grelandiya akulalari yiliga atigi 1 santimetr oʻsishini hisobga olgan holda uning yoshini aniqlashga muvaffaq boʻlingan.

V Grenlandii naydena akula vozrastom boleye 500 let
V Grenlandii naydena akula vozrastom boleye 500 let

Olimlarning maʼlum qilishicha, bu akula hozirda sayyoramizda yashayotgan umurtqalilar turining eng keksasi hisoblanadi.

Hozirda olimlar topilgan akulaning bu qadar uzoq umr koʻrishiga imkon beruvchi genlarini aniqlash maqsadida uning DNKni oʻrganishmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Volga qirgʻogʻida ulkan baliq topilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular