07:53 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Sledstvennыy izolyator

Atambayev hibsxonada qanday sharoitda saqlanayotgani maʼlum boʻldi

© Sputnik / Aleksey Filippov
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (34)
203210

Almazbek Atambayev vaqtincha saqlash hibsxonasida ikki oʻrinli kamerada saqlanmoqda.

TOSHKENT, 14 avg – Sputnik. Qiynoqlarni oldini olish boʻyicha markaz rahbari Nurdin Sulaymonov Almazbek Atambayevning vaqtincha saqlash hibsxonasidagi sharoitlarini oʻrgandi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Almazbek Atambayev ikki oʻrinli kamerada saqlanmoqda. Siyosatchi izolyator xodimlari harakatlariga hech qanday eʼtiroz bildirmadi. Tibbiy koʻrik (bir kunda uch marta qon bosimi oʻlchanmoqda) va kerakli dorilar mavjud. Advokatlik yordam koʻrsatilmoqda.

Atambayev ikkita masala hal qilinishi uchun yordam soʻradi: kechasi chiroqni oʻchirish va eshikni yopishga ruxsat olish.

Bundan tashqari, Atambayevga nisbatan yana ikki ayblov ilgari surildi. Bular Bishkek TEM va “Mediaforum” binosini modernizatsiyasi bilan bogʻliq ishlar.

Qiynoqlarni oldini olish markazi Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbariyatiga siyosatchining iltimoslarini koʻrib chiqishni tavsiya qildi.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (34)

Asosiy mavzular