23:54 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Supruga bыvshego prezidenta Almazbeka Atambayeva Raisa  Atambayeva

Atambayevning rafiqasiga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilmoqda

Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (35)
426 0 0

Raisa Atambayevaning soʻzlariga qaraganda, hozirda Atambayevning tarafdorlari, oila aʼzolari va yaqin qarindoshlari yoppasiga taʼqib ostiga olingan.

TOSHKENT, 16 avg — Sputnik. Qirgʻizistonda sobiq prezident Almazbek Atambayevning rafiqasi Raisa Atambayevaga qarshi jinoiy ish qoʻzgʻatilmoqda. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.

Raisa Atambayevning soʻzlariga qaraganda, hozirda Atambayevning tarafdorlari, oila aʼzolari va yaqin qarindoshlari yoppasiga taʼqib ostiga olingan. Atambayevning toʻngʻich oʻgʻli Seyitbek vahshiylarcha kaltaklangan va uni har kuni soʻroqqa chaqirishadi.

Uning maʼlum qilishicha, “Ala-Archa” davlat qarorgohidagi uy-joy ham muhrlangan. Bundan tashqari, 2002 yilda ochilgan oila hisobi hibsga olingan. Atambayeva hozirda ular yashab turgan yagona uyni hukumat olib qoʻyishidan tashvishlanmoqda.

“Hozirgina menga nisbatan Arabayev ishi boʻyicha jinoiy ish ochishayotganini bildim. Men hech qachon sudyalar ishiga aralashmaganman. Siyosat nopok ish ekanini bilardim va hech qachon unga aralashmaslikka harakat qilardim. Men hattoki qaysi sud qayerda joylashganini va hech bir sudyani bilmayman”, - degan Raisa Atambayeva.

Qirgʻiziston prezidenti apparatining sud islohoti va qonuniyligi boʻlimining sobiq rahbari Manas Arabayev joriy yilning yoz oyida qoʻlga olingan. U korruptsiyada ayblanmoqda.

Bugun Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi binosida Almazbek Atambayevga nisbatan qoʻllangan ehtiyot chorasini oʻzgartirish masalasi koʻrib chiqildi. Bishkek shahar sudi qarorni oʻzgartirishsiz qoldirdi va Almazbek Atambayev 26 avgustga qadar tergov hibsxonasida qoladi.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (35)

Asosiy mavzular