Rossiyada besh nafar 17 yoshli o‘smirlar beshinchi farzandni dunyoga keltirdi

Obuna bo‘lish
Rossiya statistika idorasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili besh nafar 17 yoshli qizlar beshinchi farzandni dunyoga keltirdi.

TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Rossiyada o‘tgan yili besh nafar 17 yoshli qizlar beshinchi farzandni dunyoga keltirganligi haqida statistik ma’lumot e’lon qilindi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Grudnoy rebenok na rukax - Sputnik O‘zbekiston
Farzandini hojatxonaga tashlab ketgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Shuningdek, 15 yoshli qizlarda 919 nafar bola tug‘ildi. Ulardan 22 tasi ikkinchi marta  farzandli bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, 16 yoshli qizlar 2925 bolani dunyoga keltirdi. Ulardan 165 nafari bola oilada ikkinchi farzand, 9 nafari - uchinchi, yana ikki bola  - to‘rtinchi farzand bo‘ldi.

Bundan tashqari, 14 yoshli onalarda 190 nafar bola, 13 yoshli qizlarda - 34 nafar bola, 12 yoshlilarda - 4 nafar bola dunyoga keldi.

Oliy iqtisodiyot maktabning demografiya instituti direktori Anatoliy Vishnevskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning ba’zi hududlarida bunday erta tug‘ish holatlari normal holat hisoblanadi. Reproduktiv yosh ayollarda 15 yoshda boshlanadi.

“Rossiya – katta mamlakat, agar bu Shimoliy Kavkazning biron bir joyda bo‘lsa. Albatta, bu qayerda sodir bo‘layotganligini bilish kerak. <...> Bularning barchasi yashayotgan muhit, ota-onalarning munosabatiga bog‘liq, siz taqiqlay olmaysiz, va tug‘ishni taqiqlash ham shart emas, shuningdek bola oldirishni (abort qilish) ham taqiqlab bo‘lmaydi”, - deydi mutaxassis.

Rossiyada jinsiy munosabatga rozilik 16 yoshni tashkil qiladi. 16 yoshga, ya’ni voyaga yetmagan, inson bilan jinsiy aloqa uchun jinoiy javobgarlik yuzaga keladi.

Yangiliklar lentasi
0