00:31 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Prezident Kыrgыzstana Almazbek Atambayev

Atambayev oilasi nomida boʻlgan mol-mulk xatlab qoʻyildi

Sputnik
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (36)
99120

Qirgʻiziston bosh prokuraturasi Atambayev va uning oilasi nomiga tegishli boʻlgan mol-mulk, qimmatli qogʻozlar, aktsiyalar, bank hisob raqamlari roʻyxatini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 15 avg – Sputnik. Qirgʻiziston bosh prokuraturasi Almazbek Atambayev va uning oilasi nomida boʻlgan mol mulklarni xatlab toʻgʻrisida qarorni eʼlon qildi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston.

Roʻyxatda Qirgʻizistonda faoliyati yurituvchi 25 ta bankda ochilgan hisob raqamlari keltirilgan.

Bosh prokuratura qaroriga koʻra, quyidagilar xatlab qoʻyildi:

- Atambayev nomida boʻlgan Toyota Land Cruiser (2000 yilda ishlab chiqarilgan); Mitsubishi Pajero (1997); Toyota Land Cruiser (1998); MAN (1993 y); BMW-X53 (2001) avtomashinalari;

- Alamudun tumani Qoʻy-Tosh qishlogʻidagi ikkita yer uchastkalari, sogʻlomlashtirish markazi,

- Issiqqoʻl tumanidagi yer uchastkasi;

- Alamudun tumani Arashan qishlogʻidagi koʻp yillik oʻrmonzorlar (plantatsiya), yaylov, uy;

- Alamudun va Arashan tumanlardagi koʻp yillik oʻrmonzorlar.

Atambayevning rafiqasi Raisa Atambayeva nomidagi mol-mulk: Toyota Land Cruiser (2004); Mercedes Benz (1994); GAZ 3110 (1999) avtomashinalar, shuningdek, Bishkek shahridagi Moskva va Novooktyabrsk koʻchalarida joylashgan kvartira va uy-joy.

Bundan tashqari, 10 ta yuridik va jismoniy shaxslar nomida boʻlgan mol-mulk xatlab qoʻyildi. Ular ichida "Kыrgыzavtomash", OAO "Media Forum", "Aprel-TV", "Redaktsiya teleradiokompanii "Kanal D" (Kanal Di) va boshqa korxona nomlari keltirilgan. Xususan, "Kыrgыzavtomash"ga tegishli boʻlgan koʻplab uy-joylar, yer uchastkalar, temir yoʻllar, savdo markazi, doʻkon, tsex va omborxona sanab oʻtilgan.   

"Tergov Atambayevning va uning yaqin qarindoshlarining jinoiy harakatlari natijasida olingan deb taxmin qilish uchun yetarli asosga ega", - deyilgan prokuratura qarorida.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (36)

Asosiy mavzular