Isroil bosh vaziri rafiqasi samolyotda janjal ko‘tardi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Izrailya Binyamin Netanyaxu i yego supruga Sara Netanyaxu
Premyer-ministr Izrailya Binyamin Netanyaxu i yego supruga Sara Netanyaxu  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu rafiqasi Kiyevga uchish chog‘ida samolyot bortida janjal ko‘tardi. Bu ham kamlik qilgandek, Kiyev aeroportida unga uzatilgan nonni tatib ko‘rmasdan, yerga uloqtirdi.

TOShKENT, 19 avg - Sputnik. Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu rafiqasi Sara Netanyahu Kiyevga uchish chog‘ida samolyot bortida janjal ko‘tardi. Bu haqda “Vesti Izrailya" nashri xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, Sara Netanyaxu xonim havo kemasi komandirini u samolyotga chiqqanida munosib ravishda olqishlab, qarshi olmaganligi uchun koyigan.

Netanyahu xonim g‘azablanib o‘rnidan sapchib turgan va uchuvchilar kabinasi tomon yo‘l olgan. Biroq u yerga kiritilmagan, bu esa bosh vazir rafiqasini yanada jahlini chiqargan.  Natijada samolyot komandiri ularni yana bir bor qutlashga majbur bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, aslida uchuvchilar ularni qutlashgan, biroq buni Netanyahu xonim eshitmagan va bu janjalga sabab bo‘lgan.

Janjal bu bilan yakunlanmagan. Kiyevda Netanyahu rafiqasi bilan samolyotdan tushgan vaqtda ukrain qizlari milliy libosda, non va tuz bilan ularni qarshi olishgan. Bosh vazir nondan bir bo‘lak sindirib, tatib ko‘rgan. Shundan so‘ng non bo‘lagini rafiqasi Saraga uzatgan, lekin u nonni tatib ko‘rmasdan, yerga tashlab yuborgan.

Bugun Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu rasmiy tashrif bilan Ukrainaga keldi.

Yangiliklar lentasi
0