23:50 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Prezident Kыrgыzstana Almazbek Atambayev

Atambayev qachongacha tergov hibsxonasida qolishi maʼlum boʻldi

Vladimir Astapkovich
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (35)
370 0 0

Sud Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga nisbatan qoʻllangan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini uzaytirish masalasini koʻrib chiqdi.

TOSHKENT, 20 avg — Sputnik. Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Qirgʻiziston Respublikasi milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB) tergov hibsxonasida 26 oktyabrga qadar qoladi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston Atambayev advokati Sergey Slesarevning soʻzlariga tayanib xabar qildi.

Bugun Pervomaysk tuman sudi Qirgʻiziston Respublikasi milliy xavfsizlik qoʻmitasi binosida sayyor sud oʻtkazdi va Atambayevning qamoqda saqlash muddatini uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Atambayevning hisbga olinishi

7 avgust kuni kechqurun Koy-Tash qishlogʻida GKNB spetsnazi Atambayevni qoʻlga olish boʻyicha operatsiyani amalga oshirishga urindi, ammo shturm uning tarafdorlari tomonidan yoʻqqa chiqarildi. 8 avgust kuni huquq tartibot organlari takroriy shturmni amalga oshirdilar, oqibatda siyosatchi taslim boʻldi. Xuddi shu kuni 26 avgust sanasiga qadar Atambayevni GNKB SIZOsida qoldirish qarori qabul qilindi. Shuningdek, uning bir necha tarafdorlari ham hibsga olingan.

Atambayev 14ta jinoiy ish boʻyicha ayblanmoqda. Sobiq prezident advokati soʻzlariga koʻra, Atambayev tergov boshlangan kundan boshlab birorta savolga javob bermagan, sababi oʻziga qarshi amalga oshirilayotgan harakatlar noqonuniy, deb hisoblaydi.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (35)

Asosiy mavzular