Grenlandiyada buni qilmaslikka va’da beraman – Tramp

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Donald Tramp
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Donald Tramp hazil tariqasida Grenlandiyada Trump Tower osmono‘par binosini qurmaslikka va’da berdi.

TOShKENT, 20 avg – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp hazil tariqasida Grenlandiyada Trump Tower osmono‘par binosini qurmaslikka va’da berdi. Tramp Twitterda bu mavzuga oid fotokollaj joylashtirdi.

“Men buni Grenlandiyada qilmaslikka va’da beraman”, - deb yozgan Tramp.

Foto kollajda Grenlandiyada “Trump” yozuvi yozilgan osmono‘par bino aks etgan.

Bundan avval AQSh prezidenti Donald Tramp dunyoda eng yirik bo‘lgan orol - Grenlandiyani sotib olish istagi borligini aytgandi.

Vashington Grenlandiyani sotib olish birinchi urinish emas, ikkinchi jahon urushidan keyin AQSh prezident Garri Trumen Daniyaga orol uchun 100 million dollar taklif qilgan edi. Biroq bu Daniya hukumati tomonidan rad etildi.

Grenlandiya Tashqi ishlar vazirligi Trampning g‘oyasi bo‘yicha izoh berdi.

“Grenlandiya mineral, toza suv, muz, baliq, dengiz mahsulotlari, qayta tiklanadigan energiya kabi qimmatli manbalarga boy, turizm rivojlantirish uchun istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Biz sotuvga emas, biznes uchun ochiqmiz”, - deyilgan Grenlandiya TIV xabarida.

Yangiliklar lentasi
0