07:12 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Boyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL)

Suriya va Iroq ayrim tumanlarida “ISHID” avvalgidan kuchliroq boʻldi – Pompeo

© AP Photo / Militant website via AP, File
Dunyoda
Havola olish
47201

AQSH davlat bosh kotibi ISHID Suriya va Iroqning ayrim tumanlarida kuchayib ketganligini aytdi.

TOSHKENT, 20 avg – Sputnik. AQSH davlat bosh kotibi Mayk Pompeo “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasi jangarlari Iroq va Suriyaning ayrim tumanlarida 3-4 yil avvalgidan kuchliroq boʻlishgan. RIA Novosti xabariga asosan.

“Bu qiyin. Bugungi kunda ID uch yoki toʻrt yil avvalgidan kuchliroq boʻlgan hududlar mavjud, biroq xalifalik yoʻq, tashqi hujum qobiliyati sezilarli darajada pasaydi, biz bu tahdidni toʻliq emas, balki maʼlum darajada kamaytirdik”, - dedi Pompeo.

AQSH va uning ittifoqdoshlari 2014 yildan beri Suriya va Iroqda “ID” terrorchilik uyushmasiga qarshi operatsiya amalga oshirmoqda, Suriyada mamlakat hukumati rasmiy ruxsatisiz harakat qilmoqda.

Oʻtgan yilning dekabrda AQSH prezidenti Donald Tramp Suriyadan qoʻshinlarni olib chiqilishini aytgandi, ularning umumiy soni ikki ming askarni tashkil etadi.

Keyinchalik Vashington 400 yaqin harbiy mamlakatda qolishini maʼlum qilgandi. Shuningdek, Tramp bir necha bor Suriya va Iroqda “Islom davlati xalifaligi” toʻliq tor-mor etilganini aytgandi.  

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Asosiy mavzular