14:20 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
100320

Oʻzbekistonlik sportchi Nursulton Ruziboyev Oʻsh viloyatida oʻtkazilgan musobaqada ishtirok etdi.

TOSHKENT, 21 avg – Sputnik. Qirgʻizistonda oʻzbekistonlik aralash yakkakurash boʻyicha jangchi Nursulton Ruziboyevga nisbatan dastlabki surishtiruv boshlandi, bu haqda Sputnik Qirgʻiziston Oʻsh viloyati ichki ishlar boshqarmasiga asosan xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, oʻzbekistonlik sportchi Nursulton Ruziboyev Oʻsh viloyatida oʻtkazilgan musobaqada ishtirok etdi va qirgʻizistonlik sportchiga magʻlub boʻldi.

Tarmoqda jang tasvirga olingan video tarqaldi. Unda oʻzbekistonlik sportchi hakam qirgʻiz sportchiga yon bosdi deb hisoblab, Oʻzbekiston bayrogʻini koʻtarishga harakat qilgani, ammo hakam bunga yoʻl qoʻymaganini aks etgan.

"Shundan soʻng Ruziboyev Instagram video joylashtirdi, unda u qirgʻizistonliklarga nisbatan haqoratomuz soʻzlarni aytgan. Keyinchalik u videoni oʻchirib tashladi," - deb yozilgan Sputnik Qirgʻiziston xabarida.

Huquq-tartibot organlari bu holatni jinoyatlarni qayd etish reyestrida roʻyxatga olib, Qirgʻiziston Jinoyat kodeksining 313-moddasi (irqiy, etnik, milliy, diniy yoki mintaqalararo adovatni qoʻzgʻatish) boʻyicha dastlabki surishtiruvni boshladi.

Ruziboyev Oʻzbekistonda boʻlgani uchun tergov ishi fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Minsk konventsiyasiga asosan amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yil noyabrda Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan AFCA va Ratiborets qoʻshma turnirida oʻzbekistonlik kurashchi Nursultan Ruziboyev gʻalaba qozongandi. Musobaqadan soʻng Checheniston rahbari Ramzan Qodirov, Ahmad-Hoji Qodirov jamoat fondi hisobidan oʻzbekistonlik sportchiga Chevrolet avtomobilini sovgʻa qilgandi.

Asosiy mavzular