07:04 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
V mire nachalis prodaji novogo Apple7

Tramp Apple kompaniyasini Xitoydan ketishga chaqirdi

REUTERS/Issei Kato
Dunyoda
Havola olish
23810

AQSH prezidenti Donald Tramp Apple korporatsiyasini Xitoydan ketishga chaqirdi.

TOSHKENT, 21 avg – Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp Apple korporatsiyasini Xitoydan oʻz ishlab chiqarishni koʻchirishga chaqirdi. Bu haqda u Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis bilan uchrashuv natijalariga bagʻishlangan brifingda aytdi. RIA Novosti xabariga asosan.

“Men Apple kabi, shunday Amerika kompaniyalariga qisqa vaqt ichida yordam bera olaman,  ular qilishi kerak boʻlgan vaqtgacha: ehtimol, Xitoydan ketish”, - dedi AQSH yetakchisi.

Uning soʻzlariga koʻra, uning yordamisiz yirik korporatsiyada katta muammolar boʻlardi. Soʻnggi bir yarim oy ichida Xitoy ikki million ishchi oʻrinni yoʻqotdi, chunki ayrim kompaniyalar AQShning bojlari amal qilmaydigan joylarga oʻz ishlab chiqarishni koʻchirmoqda.

“Ular bundan ham koʻproq yoʻqotadi”, - deydi AQSH prezidenti.

Iyun oyida Apple Xitoyda Mac Pro (avval ular AQShda ishlab chiqarilgan) kompterlarini yigʻishni rejalashtirgani haqida xabarlar paydo boʻldi.  Tramp bunga eʼtiroz bildirmadi, ammo Xitoydan keltiriladigan qismlardan ham boj undirilishi haqida ogohlantirdi.    

Asosiy mavzular