07:04 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Prezident Ukrainы Petr Poroshenko

Poroshenko oilasi bilan yana Ukrainani tark etdi

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy
Dunyoda
Havola olish
469 0 0

Avvalroq Ukraina sudi Poroshenkoga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatish haqida qaror qabul qilgan edi.

TOSHKENT, 21 avg - Sputnik. Ukraina sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko oilasi bilan Norvegiyaga dam olgani joʻnab ketdi. Bu haqda “Ukrainskiye novosti” agentligi xabar qilmoqda.

Agentlik maʼlumotiga koʻra, Poroshenko Norgvegiyaning oʻzining baliqchilik turizmi bilan mashhur boʻlgan Olesunn shahriga joʻnab ketgan. Sobiq prezidentni charter reysi bilan uchib kelgandan soʻng mahalliy “Vigra” aeroportida koʻrishgan.

Pyotr Poroshenkoning Norvegiyaga tashrif buyurishining boshqa tafsilotlari ochiqlanmagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Kiyevning Solomenka tuman sudi Ukraina Milliy korruptsiyaga qarshi byurosiga Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko va tashqi ishlari vazir Pavel Klimkinga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatish majburiyatini yuklagani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular