Rossiya ilk bor odamsifat robotni fazoga uchirdi - video

© Foto predostavleno orgkomitetom konferensii "RoboSektor"Robot Fedor. Arxivnoe foto
Robot Fedor. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun ertalab Qozog‘istondagi Baykonur kosmodromidan “Soyuz MS-14” raketasi uchirildi.

TOShKENT, 22 avg – Sputnik. Rossiya ilk bor odamsifat “Fodor” nomli robotni “Soyuz MS-14” raketasida fazoga uchirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Qozog‘istondagi Baykonur kosmodromidan mahalliy vaqt soat 06:38 da parvozga start berildi.

“Fodor” roboti Yuriy Gagarinning mashhur iborasini (Poyexali! Poyexali!) aytib parvozni boshladi.

Raketa 8 daqiqa 49 sonidan so‘ng orbitaga chiqib, xalqaro kosmik stansiyasi (MKS)ga yo‘l oldi.

“Soyuz MS-14" fazo kemasi MKSga ikki sutka davomida parvoz qiladi. Robot orbitada 17 sutka bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0