15:12 30 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
718 0 0

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Frantsiya yetakchisi Emmanuel Makronning 2020 yilda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan G7 sammitiga Rossiyani taklif qilish haqidagi taklifiga rozilik bergan edi.

TOSHKENT, 22 avg – Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiyaning G8᾽ga qaytishini Qrim va Donbass bilan bogʻlagan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning soʻzlariga izoh berdi.

Zelenskiy Facebook᾽dagi sahifasida Qrim “qaytarilishi”, Donbassdagi mojaroni tartibga solish va qoʻlga olingan dengizchilarni ozod qilish “Rossiya oliy  diplomatiya kun tartibida yana oʻz oʻrnini egallashga tayyorligi haqida dunyoga haqiqiy jiddiy xabar” boʻlishini yozgan.

“Xabarlar toʻgʻrisida. Ularni sizdan kutishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda emas, balki amalda”, - deya qayd etgan Zaxarova.

Mariya Zaxarova “oliy diplomatiya”dan xalqaro maydonlar nazarda tutilsa, ulardan eng oliysi BMT Xavfsizlik kengashi ekanligini taʼkidlagan. U Rossiya ushbu kengashda jahon siyosatining kun tartibini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etishini qayd etgan

Shuningdek, diplomat Ukraina BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi bilan qoʻllab-quvvatlangan Minsk kelishuvlarini bajarishga majbur ekanini eslatib qoʻygan.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Frantsiya yetakchisi Emmanuel Makronning 2020 yilda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan G7 sammitiga Rossiyani taklif qilish haqidagi taklifiga rozilik bergan edi. Tramp bu masalani Biarritsedagi G7 sammitida koʻtarishi kutilmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin, oʻz navbatida, Rossiya “Katta yettilik” mamlakatlari bilan har qanday hamkorlikni foydali deb hisoblaydi va G8 formati qayta tiklanishini istisno qilmaydi.

“Katta sakkizlik” formati 1998 yildan buyon mavjud edi. 2014 yilda Qrimdagi hodislar foni klub ishtirokchilari Sochida rejalashtirilgan navbatdagi sammitga kelmaslikka qaror qilishgan. Gʻarb davlatlari Rossiyani Ukrainaning ichki ishlariga aralashishda ayblashib, sanktsiyalar joriy etishgan. Moskva javob choralarini qoʻllagan va barcha ayblovlarni rad qilib kelgan. Soʻnggi paytlarda Gʻarbda Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni bekor qilish zarurligi toʻgʻrisidagi fikrlar tez-tez yangramoqda.

Qrim Ukrainada yuz bergan davlat toʻntarishidan soʻng 2014 yil mart oyida oʻtkazilgan referendum yakunlariga koʻra Rossiya tarkibiga kiritildi. Referendumda yarimorolning aksariyat aholisi Rossiya tarkibiga kirish uchun ovoz berdi. Rossiya va Qrim qoʻshilishi uchun 96,77% qrimliklar va 95,6% Sevastopol aholisi ovoz berdi.

Moskva yarimorol aholisi demokratik yoʻl, xalqaro huquq va BMT Nizomiga muvofiq qaror qabul qilganini bir necha bor taʼkidladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning soʻzlariga koʻra, Qrim masalasi uzul-kesil hal qilingan.

Asosiy mavzular