07:05 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Jenщinы v Melnichnoy kolonnade

BAAda ayol u bilan hech qachon tortishmagan eri bilan ajrashmoqchi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko
Dunyoda
Havola olish
1392 0 0

Ayol sudda “erining sevgisi bilan boʻgʻib qoʻyilganini” aytgan. Erining bir marta ham gap qaytarmagani uning sabr kosasini toʻldirgan.

TOSHKENT, 24 avg – Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklarida ayol eri “uni juda ham qattiq sevgani” tufayli ajrashishga qaror qildi. Bu haqda Khaleej Times nashri xabar qildi.

Ayol emiratning Fujayra shariat sudiga ajrashish haqidagi ariza bilan murojaat qilgan. Sudda oʻzini “erining sevgisi bilan boʻgʻib qoʻyilganini” aytgan.

“U hech qachon menga baqirmaydi, biror istagimni rad qilmaydi”, - deya hasrat qilgan ayol. Uning soʻzlariga koʻra, turmush oʻrtogʻi baʼzan u uchun taom tayyorlagan va uylarni supurib sidirib, orasta qilgan.

Hammasidan ham erining toʻydan keyin bir yil davomida biror marta ham gap qaytarmagani oʻtib tushgan va juda jahlini chiqargan.

“Men tortishuvlarga muhtojman, hattoki janjallarga ham. Men bir martagina boʻlsa ham tortishishni xohlayman, biroq buning mening romantik erim bilan sira iloji yoʻq. U hamisha meni kechiradi va sovgʻalar bilan koʻmib tashlaydi”, - deya dardlarini toʻkkan ayol.

Shuningdek, ayol eri uning hayotini jahannamga aylantirganidan noligan.

Erkak xotinining qaroridan qattiq xafa boʻlgan va ideal va mehribon er boʻlishga doimo harakat qilganini maʼlum qilgan. Uning taʼkidlashicha, xotini uni ortiqcha vazni uchun koyigani sababli parhez tutgan va sport bilan shugʻullanishni boshlagan. Mashgʻulotlarning birida oyogʻini sindirib ham olgan.

Dili xufton boʻlgan er sudyadan xotiniga arizasini qaytarib olishni tavsiya qilishni oʻtinib soʻragan. Natijada sud er-xotinga murosaga kelishlari uchun imkon berish maqsadida ishni koʻrib chiqishni boshqa kunga qoldirgan.

Asosiy mavzular